image-sample

Dastur haqida

HURMATLI DO'STLAR !

Bank-moliya akademiyasi xalqaro mentorlar ishtirokida 3 oylik akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun tanlov e'lon qiladi.Ushbu dasturda siz biznes ko'nikmalarini egallashingiz, bir startap yaratishingiz va katta foydali biznes darajasigacha rivojlantirishingiz mumkin.

Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Siz:
1. Ro'yxatdan o'ting va anketani to’ldiring.
2. Saytdagi shaxsiy kabinetingizga kiring va quyidagilarni yuklang:
- Shaxsiy fotosurat (yuqori sifatli selfi qilishingiz ham mumkin);
- Sizning loyihalaringizni namoyish etadigan 2 daqiqali motivatsion video;
- IT sohasidagi tugallangan loyihalar havolasi (linki) yoki portfeli yuklanadi.

Bizning ekspertlarimiz barcha materiallarni ko'rib chiqadilar. Ishtirokchilar yuqoridagi barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng suhbatga taklif qilinadi.

Yuqorida keltirilgan bosqichlardan o'tgan nomzodlarga o'qish BEPUL bo'ladi.

Dasturda pullik qatnashish istagida bo'lganlar yoki konkursda g'olib bo'lmaganlar pullik asosda qatnashish uchun To'lov shartlari menyusiga o'tishingiz mumkin.

Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz va akseleratsiya dasturida kutamiz !

Agar, Akselerator ishtirokchisi grant asosida (bepul) qabul qilinsa, lekin Akselerator o'quv dasturida ohirigacha qatnashmasa , u holda u keyingi barcha BMA ning Hakatonlarida, kurslarida, dasturlarida ishtirok etish huquqidan butunlay mahrum etiladi.

Ro'yxatdan o'tish

Akleseratsiya dasturi shartlari

Akseleratsiya o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va ushbu dastur ishtirokchisi (jismoniy yoki yuridik shaxs) o’rtasida tuziladigan shartnoma asosida o’tkaziladi.

1. Akseleratsiya o’quv dasturi umumiy bahosi – 10 mln. so’m.

2. Dasturda 3 kishi va undan ortiq qatnashchilari mavjud bo’lgan jamoa 30% lik chegirma bilan ishtirok etishi mumkin.

3. Dasturga yozilgan birinchi 10 ta ishtirok etishni hohlovchilar uchun dastur bahosidan 20% chegirma taqdim etiladi.

4. Ishtirokchilar o’qish umumiy pulining kamida 50% qismini to’lagan taqdirda o’qishga qatnasha oladi, qolgan 50% qismi esa Akseleratsiya dasturi boshlangandan keyin biy oy muddat ichida to’lanishi lozim.

5. O’qishni muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

6. O’qish pulini to’liq yoki qisman to’lagan, lekin Dasturda ishtirok etmagan shuningdek 4 bandni bajarmagan ishtirokchilarga to’langan pul qaytarilmaydi.

BMA tomonidan o’tkaziladigan Hakaton g’oliblari Akseleratsiya dasturida bepul ishtirok etishi mumkin.

Yuqoridagi shartlar BMA tomonidan bir tomonlama o’zgartirilishi mumkin.

Ro'yxatdan o'tish
image-sample

Bizning mentorlar


Ishtirokchilar

F.I.Sh. Hozirda istiqomat qilayotgan joyingiz: Ro'yxatdan o'tgan sana
1 1 Dehqanov Abror Erkinboy o’g’li Namangan viloyati 2022-09-05
1 2 Xalikov Sherzod Shuxratovich Farg‘ona viloyati 2022-05-17
1 3 O`razboyev Olim Jizzax viloyati 2022-04-25
1 4 Azizbek Xorazm viloyati 2022-04-14
1 5 Shodiyeva Iroda Jo`rayevna Surxondaryo viloyati 2022-04-08
1 6 Muxammadali Toshkent viloyati 2022-02-23
1 7 Murodboev Jahongir Yo'ldoshboy o'g'li Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2021-12-29
1 8 Kuchkarova Shirin Abdurashid qizi Toshkent viloyati 2021-12-13
1 9 Husan Choriyev Surxondaryo viloyati 2021-12-11
1 10 Davlatyor Olimov Oybek oʻgli Toshkent shahar 2021-12-09
1 11 O'rinxo'jayev Azizxon Toshkent shahar 2021-12-08
1 12 Xolboyev Davronjon Odiljon o'g'li Toshkent shahar 2021-12-05
1 13 Shohjahon Toshkent shahar 2021-12-05
1 14 Xayrullayev Og'abek Akmal o'g'li Samarqand viloyati 2021-12-05
1 15 Umarov Umarjon Toshkent shahar 2021-12-04
1 16 Ismatullayev Olim Toshkent shahar 2021-12-04
1 17 Atxamhodjayev Javohirxoʻja Toshkent shahar 2021-12-04
1 18 Muhammadali Toshkent shahar 2021-12-03
1 19 Diyorbek Toshkent shahar 2021-12-02
1 20 Abdulaziz Xamidov Abdurashid o'g'li Toshkent shahar 2021-12-01
1 21 Sarvinozxon Farg‘ona viloyati 2021-12-01
1 22 Islomjon Namangan viloyati 2021-12-01
1 23 Turopova Dilrabo Toshkent viloyati 2021-12-01
1 24 WORI'NBAEV ABEK DAULETBAY ULI Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2021-11-30
1 25 WORI'NBAEV ABEK DAULETBAY ULI Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2021-11-30
1 26 ИБРАГИМОВ АЛИРУН СУХРОБОВИЧ Город Ташкент 2021-11-29
1 27 Burxonov Shahriyor Shamshod o'g'li Jizzax viloyati 2021-11-24
1 28 Urazbaev Miyras Farxatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2021-11-24
1 29 MATNAZAROV ZAFARBEK BAXODIROVICH Xorazm viloyati 2021-11-24
1 30 Yo‘ldoshov Hakimboy Yarashbayevich Xorazm viloyati 2021-11-24
1 31 Abdulatif Jizzax viloyati 2021-11-21
1 32 Muxtorjon Ismoilov Isroiljon o'g'li Toshkent shahar 2021-11-19
1 33 Tursunboyev Abdulaziz Adxamjon o'g'li Toshkent viloyati 2021-11-19
1 34 MUHAMMADALI HAKIMOV SALOHIDDIN O'G'LI Samarqand viloyati 2021-11-11
1 35 Mahmudov Abdurahim Hamidillo o'g'li Namangan viloyati 2021-11-11
1 36 Husan Choriyev Surxondaryo viloyati 2021-11-10
1 37 Badalov Mirdjamol Mirgiyazovich Toshkent shahar 2021-11-04
1 38 Husan Choriyev Surxondaryo viloyati 2021-11-04
1 39 Nodirbek Jizzax viloyati 2021-11-02
1 40 Abdullayev Abdullox Abdullayevich Toshkent shahar 2021-11-02
1 41 Chorshanbiyev Abbosbek Abdurashid o'g'li Toshkent shahar 2021-10-27
1 42 Jakhongir Namangan viloyati 2021-10-26
1 43 Muqimov SHahobiddin Davlatovich Toshkent shahar 2021-10-19
1 44 Meliyev Abbos Jamshid òģli Jizzax viloyati 2021-10-14
1 45 Abdullayev Kamol Usmon o`g`li Andijon viloyati 2021-10-14
1 46 Abdullayev Ilxomjon Olim o'g'li Toshkent viloyati 2021-10-13
1 47 Mutaliev Utkirbek Namangan viloyati 2021-10-12
1 48 SHOMURATOV JAVOHIR Toshkent shahar 2021-10-12
1 49 Baxtiyorjon Boxodirov Bahromjon o'g'li Toshkent shahar 2021-10-12
1 50 Abdullayev Abduvali Usman o`g`li Toshkent shahar 2021-10-12
1 51 Abdullayev Otabek Usmon o`g`li Toshkent shahar 2021-10-12
1 52 Abdullayev Islomjon Zafar o'g'li Toshkent viloyati 2021-10-12
1 53 Madrimov Azamat Ruzmatovich Toshkent viloyati 2021-10-11
1 54 Bekniyozov Jo'shqinbek Rashid o'g'li Toshkent shahar 2021-10-11
1 55 Erkinov Abdujalol Maxmudjon o'g'li Toshkent shahar 2021-10-11
1 56 Maxamatov Axrorbek Anvarjon o'g'li Toshkent viloyati 2021-10-11
1 57 Muhtorov Muminjon Toshkent viloyati 2021-10-11
1 58 Abdullayev Abdullox Abdullayevich Toshkent shahar 2021-10-11

Biznes akselerator

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi “2020 - 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 365-son Qarori bilan tasdiqlangan Konsepsiyaning 4-bandiga asosan Akademiyaning moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlardan biri - bu:

bank, moliya va iqtisodiyotning boshqa sub’ektlariga biznesni innovatsion o‘zgartirish, rivojlanish jarayonlarini o‘rganish va innovatsion loyihalar boshqaruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi biznes-akselerator yaratish;

Shuningdek, Qarorning 2-ilovasi “2020 - 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar Rejasi” ning 12-bandida quyidagilar ham ko‘zda tutilgan:

Tadbirlar nomi - Tavakkalchilik yuqori bo‘lgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun venchur jamg‘armasi va boshqaruv kompaniyasini tashkil qilish.

Amalga oshirish mexanizmlari:
1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2. Malakali mutaxassislarni tanlash.
3. Fondning 1 mlrd so‘m miqdoridagi boshlang‘ich kapitalini shakllantirish.
4. Qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda Boshqaruv kompaniyasini shakllantirish.

Muddat: 2021 yil dekabr.

Mas’ul ijrochilar: Bank-moliya akademiyasi, Moliya vazirligi kapital bozorini rivojlantirish Departamenti.

Biznes akselerator nima?

Biznes akseleratorlar, (boshqacha nomi “urug‘ akseleratorlar”) belgilangan vaqtda, jamoalarga asoslangan dasturlar bo‘lib, unga mentorlik va ta’lim komponentlarini o‘z ichiga olgan, ommaviy tadbir yoki demo kun bilan yakunlanadigan dasturlar. Biznes-inkubatorlar ko‘pincha davlat tomonidan ta’minlanadi, odatda o‘z mablag‘larini olmaydilar va kamdan-kam mablag‘ ajratadilar, akseleratorlar esa xususiy yoki davlat tomonidan moliyalashtirilishi va sanoatning keng doirasini qamrab olishi mumkin. Biznes-inkubatorlar g‘oya paytida biznes loyihalarni qabul qiladi, biznes akselerator esa mavjud bo‘lgan bizneslar arizalarini tanlab olishdan iborat.

Kontaktlarimiz:

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Biznes akseleratori yangiliklari bilan tanishtirib borishda qulaylik yaratish maqsadida telegramda ham kanal yaratilgan: @bfa_ba.

Biznes akselerator masalalari bo‘yicha murojaat uchun: @bfa_ba_bot.

Agar Sizda yoki tanishlaringizda qiziqarli biznes g‘oya bo‘lsa, kichik biznesni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, unda lutfan bizga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingizni so‘raymiz:

t.me/bfa_ba_bot

Murojaatda quyidagi asosiy ma’lumotlarni berishni so‘raymiz:

1. Ism familiya;
2. Manzil (viloyat, tuman, shahar);
3. Mobil telefon raqami;
4. Biznes g‘oyasi mavjud talabgorlar uchun (startap uchun pastda):
- Biznes yo‘nalishi;
- G‘oyaning qisqacha tavsifi;
- Shu sohada tajriba bor-yo‘qligi (o‘zi yoki jamoada kimdir);
- Jamoa borligi (bo‘lsa ismlari, yoshi, vazifasi, tajribasi);
- Biznes-reja bormi?
- Agar Biznes-reja yo‘q bo‘lsa, g‘oya uchun qancha va nimalarga sarmoya kerak (ro‘yxati), raqobatchilar va ulardan Sizning g‘oya ustunligi, nima hisobiga foyda olinadi?
- Nimaga bu g‘oya zo‘r yurib ketadi, degan fikrdasiz?

Agar yuqoridagi savollardan ayrimlariga javob bera olmasangiz ham murojaat qilishingiz mumkin, bizning mutaxassislar javob topishda yordam berishga xarakat qilishadi.

5. Startap mavjud bo‘lgan talabgorlar uchun:

- Biznes yo‘nalishi;
- Startapning qisqacha tavsifi;
- Shu sohada tajriba bor-yo‘qligi (o‘zi yoki jamoada kimdir);
- Jamoa a’zolari ismlari, yoshi, vazifasi, tajribasi;
- Startap biznes-rejasi bormi?
- agar Biznes-reja yo‘q bo‘lsa, startap uchun qancha va nimalarga sarmoya kerak (ro‘yxati) va qaysi qismi hozir startapda bor, raqobatchilar va ulardan Sizning startap ustunligi, startap real ish qilishni boshlaganmi? Startap nima hisobiga foyda oladi?
- Startap uchun firma, korxona tashkil qilinganmi? Firma nomi, STIR raqami?
- Nimaga bu startap zo‘r yurib ketadi, degan fikrdasiz?

Kontaktlarimiz:

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Biznes akseleratori ning telegramdagi kanalida biznesga oid foydali ma’lumotlar berib boriladi va yangiliklar bilan tanishtirib boriladi, kanalga obuna bo‘ling: @bfa_ba.

Biznes akselerator masalalari bo‘yicha murojaat uchun: @bfa_ba_bot.

Hurmatli Sarmoyador!

t.me/bfa_ba_bot

Agar Siz yoki tanishlaringiz sarmoyador (investor) sifatida bizning ekspertlarimiz ob’ektiv tarzda ijobiy baholagan biznes loyihalarga sarmoya kiritish va doimiy asosda daromad olish niyati bo‘lsa, unda lutfan bizga murojaat qilishingizni so‘raymiz t.me/bfa_ba_bot.

Murojaatda quyidagi asosiy ma’lumotlarni berishni so‘raymiz:
1. Ism, familiya;
2. Manzil (viloyat, tuman, shahar);
3. Mobil telefon raqami.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Biznes akseleratori Siz bilan hamkorlik qilishga doim tayyor!

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Biznes akseleratori ning telegramdagi kanalida biznesga oid foydali ma’lumotlar berib boriladi va yangiliklar bilan tanishtirib boriladi, kanalga obuna bo‘ling: t.me/bfa_ba.